Özbekistonda temir yöl va içki aviareyslar jadvali qayta körib çiqiladi

O‘zbekiston

−

image

Özbekistonda bir oyda barça temir yöl qatnovlari va içki aviareyslar jadvali tahlil qilinib, aholi hamda sayyohlar talabiga muvofiq qayta körib çiqiladi va e’lon qilinadi. Bu haqda bugun, 20 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida ötkazilayotgan quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan investor hamda tadbirkorlar bilan uçraşuvda mutasaddilarga topşiriq berdi.

Qayd etilişiça, uçraşuvda turistik manzillarga transport qatnovlarini sayyohlar ehtiyojiga moslaştiriş masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Masalan, Toşkentdan Çinorkentga boradigan poyezd soat 10:30 da manzilga yetib boradi, qaytiş ekspressi esa 14:20 da jönaydi. Natijada Böstonliqqa borgan sayyohning hududni aylanişi uçun atigi tört soatga yaqin vaqti qolmoqda.

Şuningdek, Toşkent – Şahrisabz yönalişidagi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi faqat yakşanba kuni qatnaşi qayd etilgan. Bu qatnovda ham sayyohning şahar bilan tanişişi uçun beş soat atrofida vaqti qoladi.

Prezident yangi turizm ob’ektlarini quriş bilan birga ularga boriş va qaytiş imkoniyatini qulay taşkil etiş zarurligini ta’kidlagan.

Mutasaddilarga bir oyda barça temir yöl qatnovlari va içki aviareyslar jadvalini tahlil qilib, aholi hamda sayyohlar talabiga muvofiq qayta körib çiqiş va e’lon qiliş topşirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing