Navbatdagi tayinlov. Qozog‘istonda vazir agentlik raisi bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istonda Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi raisi Qayrat Ne’matovich Kelimbetov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Tengrinews” nashri xabar bermoqda.

Qayrat Kelimbetov 2002–2006 yillarda Qozog‘iston iqtisodiyot va byudjetni rejalashtirish vaziri, 2008 yilda  Prezident Administratsiyasini boshqargan. 2011 yilda Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri, 2012 yildan bosh vazir o‘rinbosari, 2013-2015 yillarda Qozog‘iston Milliy banki (Markaziy bank) raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 

Ayni vaqtda Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi raisi lavozimga Aset Irgaliyev tayinlangan. U tayinlovga qadar Milliy iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Aytkurman Omarbekov Davlat xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari – Maxsus kuchlar qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Ilgari bu lavozimda Ardaq Ashimbekuli egallab kelgan.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.  

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Prezident Saken Isabekovni Respublika davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKb) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing