Qozog‘istonning yangi Hukumati tuzildi 

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Respublika Hukumatining yangi tarkibi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unda bir qator Vazirlar mahkamasi a’zolari o‘z o‘rinlarini saqlab qolgan, ayrimlari esa ko‘tarilgan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan.  

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimini sobiq Bosh vazir o‘rinbosari Roman Sklyar egallagan, Bosh vazir o‘rinbosari Yerali Tug‘janov esa o‘z lavozimini saqlab qolgan. Savdo va integratsiya vaziri lavozimini saqlab qolgan Baxit Sultonov ham Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan. 

Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri vazirlikning sobiq o‘rinbosari Asqar Umarov bo‘lgan, Oliy sudning ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining sobiq rahbari Kanat Musin esa Adliya vaziri lavozimini egallagan. Sog‘liqni saqlash vaziri sobiq vazir o‘rinbosari Ajar Giniyat bo‘lgan. 

Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri vazirlikning sobiq birinchi o‘rinbosari Kairbek Uskenboyev, Madaniyat va sport vaziri esa Prezident ma’muriyati rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari Dauren Abayev bo‘lgan. Sobiq vazir o‘rinbosari bo‘lgan Alibek Quantirov Milliy iqtisodiyot vaziri lavozimini egallagan. 

Moliya vaziri Yerulan Jamaubayev, Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin, Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Serikkali Brekeshev, Ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetov yangi hukumat tarkibida o‘z portfellarini saqlab qolgan. Shuningdek, lavozimlar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Serik Shamkenov va Favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilinda saqlab qolingan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 11 yanvar kuni Alixan Smoilovni Qozog‘iston Bosh vaziri etib tayinlagandi.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.  

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda Nazarboyev va uning oilasi mamlakatni tark etgani, jiyani Samat Abish hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bularning hech biri isbotini topmadi. Shundan so‘ng, Elboshining Matbuot kotibi Aydos Ukibay Nazarboyev mamlakat poytaxtida bo‘lib turganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

Prezident Respublika Saken Isabekovni davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing