Özbekiston Qozoğiston va Xitoy bilan aviaqatnovlar sonini köpaytiradi
Jamiyat
−
12:42 372 2 daqiqa
Özbekistondan Qozoğiston va Xitoyga amalga oşiriladigan muntazam aviaqatnovlar soni oşiriladi. Xususan, Xitoy bilan parvozlar haftasiga 100 tadan 114 taga, Qozoğiston bilan esa ayrim yönalişlarda 42 tadan 60 taga yetkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, bu böyiça kelişuvlar joriy yilning 3–5 noyabr kunlari Toşkentda bölib ötgan Markaziy Osiyo – Xitoy (C5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik böyiça işçi guruhining uçinçi anjumani doirasida erişilgan.
Xususan, Özbekiston va Qozoğiston aviatsiya ma’muriyatlari örtasidagi muzokaralarda quyidagi kelişuvlarga erişilgan:
- Toşkent – Olmaota va Toşkent – Ostona yönalişlarining har birida muntazam parvozlar soni haftasiga 42 tadan 60 tagaça oşiriladi;
- qolgan barça yönalişlarda esa parvozlar soni haftasiga 14 tadan 20 taga yetkaziladi.
Özbekiston va Xitoy örtasidagi muzokaralar yakunida ikki davlat örtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga 100 tadan 114 tagaça oşiriş huquqi berilgan. Erişilgan kelişuvlarni mustahkamlaş uçun tegişli hujjatlar imzolangan.
Anjumanda Özbekiston, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston aviatsiya ma’muriyatlari hamda aviakompaniyalari vakillari iştirok etgan. Unda aviabozorni liberallaştiriş, parvozlar xavfsizligini ta’minlaş, aviatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalari ham muhokama qilingan.
Qayd etilişiça, kelişuvlar yölovçilar uçun safar imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, savdo-iqtisodiy va turistik aloqalarni rivojlantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Işçi guruhning navbatdagi, törtinçi yiğilişi 2027 yilda Qirğizistonda ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston va Iroq örtasida töğridan töğri aviareyslar yölga qöyilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi