Qirg‘izistonda motam e’lon qilindi

Olam

image

Qirg‘izistonda joriy yilning 1-2 may kunlari Tojikiston bilan chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuvlarda vafot etganlar xotirasiga motam deb e’lon qilindi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov tegishli farmonni imzoladi.

Hujjat bilan hukumatga halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning oilalariga yordam ko‘rsatish topshirildi.

Qirg‘iziston bo‘ylab va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda bayroqlar tushiriladi. Madaniyat muassasalari va teleradiokompaniyalarga ikki kun davomida ko‘ngilochar tadbirlarni bekor qilish tavsiya qilindi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘iz-tojik chegarasidagi to‘qnashuvlarda 31  nafar qirg‘izistonlik vafot etgan va 154 nafari jarohatlangan.

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro

Joriy yilning 17 aprel kuni Tojikiston va Qirg‘izistonning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida janjal yuz berdi. Bunga Qirg‘iziston tomoni Tojikiston bilan kelishmasdan ikki davlat uchun umumiy bo‘lgan asosiy suv taqsimlash inshooti – “Golovnaya” oldida ko‘prik qurish harakatini boshlagani sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Tojikiston tomoni “Golovnaya” suv taqsimlash punkti yonidagi elektr ustuniga videokameralar o‘rnatishni boshlagan. Bundan norozi bo‘lgan qirg‘izlar kameralarni olib tashlashni so‘ragan. Shu bilan 28 aprel kuni ikki tomon o‘rtasida dastlab, og‘zaki haqorat va aytishuvlar so‘ngra, bir-biriga tosh otish boshlangan.

Keyinchalik mojaroga ikki tomon chegara qo‘shinlarining aralashuvi oqibatida toshbo‘ron otishmaga aylanib ketdi. Vaziyatning keskinlashishi ortidan ikki mamlakat chegara tomon qo‘shimcha harbiy bo‘linmalar yubordi.

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 29 aprel kuni Qirg‘iziston hukumati a’zolari bilan Botken viloyatidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi vaziyat bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Bishkekda esa botkenliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyish boshlandi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston ikki qo‘shni respublika chegarasidagi mojaroga munosabat bildirib, tomonlarni to‘qnashuvlarni darhol tugatish, vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shma choralarni ko‘rish va ziddiyatlarning yanada oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirdi.

29 aprel kunining birinchi qismida boshlangan ikki o‘rtadagi otishma tomonlarning sa’y-harakatlari bilan kunning oxirida to‘xtatildi

Biroq, 29 aprel kuni tuzilgan o‘q uzishni to‘xtatish to‘g‘risidagi sulh uzoqqa bormadi. Ertasi kuni, ya’ni 30 aprelda yana harbiy harakatlar boshlangani haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi.

Shundan so‘ng, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari o‘rtasi bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida Japarov va Rahmon may oyining ikkinchi yarmida Dushanbeda yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi.

O‘z navbatida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi inqirozli vaziyatni hal qilishda vositachilik qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston motam Sadir Japarov

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing