Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma boshlandi (video)
Olam
−
29 aprel 2021
45584Bugun, 29 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:00 da otishma boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Otishma Botken viloyati Ko‘k-tosh qishlog‘idagi “Golovnoy” suv taqsimlash punkti atrofida boshlangan. Hozirda MXDQ raisi o‘rinbosari, Chegara xizmati rahbari Ularbek Sharsheyev hodisa joyida bo‘lib turibdi.
“Ularbek Sharsheyev vaziyatni muvofiqlashtiryapti va chegara oldidagi qurolli mojaroni bartaraf etish choralari ko‘ryapti”, deyiladi tashkilot xabarida.
Avvalroq, tojik-qirg‘iz chegarasida ikki davlat fuqarolari o‘rtasida mojaro yuz bergani haqida xabar qilingandi.
LiveBarchasi