JARda bir kunda sodir bölgan ikki otişmada 17 kişi halok böldi

Olam

−

image

Janubiy Afrikada bir kun içida sodir bölgan ikkita ommaviy otişma oqibatida kamida 17 kişi halok böldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, birinçi otişma Pitermaritsburg şahri yaqinidagi Svitvoters hududida sodir bölgan. Keça, 15 noyabr kuni öqotar quroldan öqqa tutilgan avtomobil içidan sakkiz kişining jasadi topilgan. Politsiya hozirça halok bölganlarning şaxsini aniqlamagan, gumonlanuvçilar haqida ham ma’lumot yöq.

Ikkinçi hodisa esa mamlakat poytaxti Pretoriya yaqinidagi Jeffsvill norasmiy turar joy hududida yuz bergan. 15 noyabrga ötar keçasi tört xonali kulba içidan öqotar quroldan yaralangan töqqiz kişining jasadi topilgan. Ularning olti nafari erkak, uç nafari ayol bölgan. Uşbu hodisa yuzasidan ham hozirça heç kim qölga olinmagan.

Gauteng provinsiyasi politsiya komissari Tommi Mtxombenining aytişiça, ikkinçi otişma ötgan yili Saulsvill hududida sodir bölgan va 12 kişining ölimiga, 13 kişining jarohatlanişiga sabab bölgan hujum bilan boğliq bölişi mumkin. Uning sözlariga köra, bu safargi otişmada halok bölganlardan biri avvalgi hodisa böyiça qiziqiş uyğotgan şaxs bölgan. Şu sababli politsiya qasos hujumi ehtimolini ham körib çiqmoqda.

Pitermaritsburg yaqinidagi otişma sabablarini aniqlaş işlari davom etmoqda. Politsiya vakili Robert Netşiundaning bildirişiça, ayrim oilalar halok bölganlarni tanib oliş uçun murojaat qilgan, biroq ularning şaxsi hali rasman tasdiqlanmagan.

Qayd etilişiça, sönggi bir yil içida Janubiy Afrikada jinoiy guruhlar bilan boğliq bir neçta ommaviy otişmalar sodir bölgan. Joriy yilning sentyabr oyida Durban şahri yaqinidagi ziyofat vaqtida yuz bergan hujumda kamida 11 kişi, şu jumladan homilador ayol halok bölgan. Şu oyda tavernaga qurollangan şaxslar bostirib kirişi oqibatida yana 17 kişi otib öldirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq fransiyalik aralaş yakkakuraş ustasi, 26 yoşli Pengo Bossio Vangi Parij yaqinidagi Trapp şahrida sodir bölgan otişma oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing