Qirğizistonda amaldorlarga qöşimça daromad olişga ruxsat beriladi

Olam

−

image

Qirğizistonda siyosiy va maxsus lavozimlarni egallab turgan davlat va munitsipal xizmatçilarning işlaş qoidalari özgartirildi. Endilikda ular muayyan şartlarga rioya qilgan holda haq tölanadigan qöşimça faoliyat bilan şuğullanişlari mumkin. Tegişli farmon mamlakat PrezidentI Sadir Japarov tomonidan imzolandi.

Özgartirişlar Prezidentning 2025 yil 4 iyundagi “Siyosiy davlat lavozimlari, maxsus davlat lavozimlari va siyosiy munitsipal lavozimlar töğrisida”gi 175-sonli farmoniga kiritilgan.

Hujjatga muvofiq, amaldorlarga tegişli kasbiy sohada qöşimça haq olgan holda ta’lim, ekspertlik, ilmiy va boşqa ijodiy faoliyat bilan şuğullanişga ruxsat beriladi. Biroq buning uçun xizmatçini lavozimga tayinlagan şaxs bilan kelişiş talab etiladi. Şu bilan birga, qöşimça iş asosiy xizmat vazifalarini bajariş sifati va hajmiga ta’sir qilmasligi, şuningdek, manfaatlar töqnaşuvini keltirib çiqarmasligi lozim.

Xizmatçilarning jamoat birlaşmalari tarkibida ijtimoiy foydali faoliyat bilan şuğullaniş huquqi alohida mustahkamlandi. Gap, xususan, soğliqni saqlaş, ta’lim, xayriya va volontyorlik sohalarida faoliyat yurituvçi taşkilotlar haqida bormoqda.

Yana bir özgariş mehnat ta’tillariga taalluqli. Endilikda amaldorni uning roziligisiz ta’tildan muddatidan oldin çaqirib oliş mumkin emas. Bunda rozilik telefon, raqamli aloqa vositalari yoki boşqa usullar orqali olinişi mumkin.

Bundan taşqari, xizmatçilar huquqlari röyxatiga qarorlar qabul qilişda, şuningdek, ularni tayyorlaş va körib çiqişda iştirok etiş ham kiritilgan. 

Farmon amaldorlarning notijorat taşkilotlar rahbar organlaridagi iştirokiga oid çeklovlarga ham aniqlik kiritadi. Xususan, gap vasiylik va kuzatuv kengaşlari haqida bormoqda. Bunday iştirokka qonunçilik va xalqaro şartnomalarda nazarda tutilgan hollarda, şuningdek, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbarining qarori yoxud kelişuvi asosida yöl qöyiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing