Qirğizistonda prezidentlikka nomzodlar 11 nafarga yetdi
Olam
−
16:06 631 2 daqiqa
Qirğizistonda 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnaşiş uçun 11 kişi nomzod sifatida ilgari surildi. Nomzod körsatiş muddati bugun, 13 noyabr kuni yakunlandi. Bu haqda Qirğiziston Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, prezidentlikka nomzodini ilgari surganlar orasida Aymen Kasenov, Azamat Esenbekov, Siymik Japikeyev, Akay Xidirov, Ishoq Masaliyev, Sadir Japarov, Baqtibek Xolmamatov, Baqitbek Odilov, Amur Ayba Meder, Mambetyunus Abilov va Klara Sooronkulova bor.
Ma’lum qilinişiça, ayni paytda nomzodlarni qöllab-quvvatlovçi saylovçilar imzolarini yiğiş jarayoni davom etmoqda. Bu bosqiç joriy yilning 8 dekabrigaça davom etadi. Qonunçilikka köra, har bir nomzod röyxatga olinişi uçun kamida 30 ming saylovçining imzosini töplaşi kerak.
Nomzodlarni röyxatga oliş uçun zarur hujjatlarni qabul qiliş esa 13 dekabrgaça davom etadi. Nomzodlar va ularning vakolatli vakillari yetişmayotgan hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etişi mumkin.
Prezidentlikka nomzodlarni röyxatga oliş jarayoni 23 dekabr kuni yakunlanadi.
Ma’lumot uçun, Qirğizistonda prezidentlik saylovlari 2027 yil 27 yanvarga belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mambetyunus Abilov Markaziy saylov komissiyasini Qirğiziston prezidentligiga nomzodini qöyiş niyati haqida xabardor qilib, mamlakatdagi oliy davlat lavozimiga hisob böyiça 10-nomzodga aylangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi