Qamoqdagi Nobel sovrindori shifoxonaga yotqizildi
Olam
−
29 Oktabr
12164Hozirda Eron qamoqxonasida saqlanayotgan Nobel mukofoti laureati va huquq himoyachisi Nargis Muhammadiy sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolardan 2 oydan ortiq vaqt o‘tibgina davolanishga yuborildi. Bu haqda uning Parijda yashovchi eri Tag‘i Rahmoniy jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Muhammadiyning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar ikki oy davom etgach, davolanish jarayoni boshlangan. Muhammadiyga to‘qqiz hafta davomida tibbiy yordam ko‘rsatishga ruxsat berilmagan.
“Nargis Muhammadiyning nihoyat shifoxonaga joylashtirilishi fuqarolik jamiyati va inson huquqlari himoyachilari, “Nargisga Ozodlik Koalitsiyasi”ning ko‘magi, xalqaro jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining bosimi natijasidir”, degan Rahmoniy.
Qolaversa, tibbiy yordamning kechikishi va Muhammadiyning qamoqdagi sharoiti uning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar yaratgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Muhammadiy “Eron ayollarining zulmga qarshi kurashi va barcha uchun inson huquqlari va erkinliklari uchun” tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgandi. Mukofot Osloda onasining murojaatini o‘qigan Nargizning farzandlariga topshirilgan. O‘sha yilning 7 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Eronni qamoqdagi Nobel sovrindorini ozod qilishga chaqirdi, dekabr oyida esa Nargisning navbatdagi sud ishi bo‘lib o‘tdi va u 12 yil-u uch oy qamoq, 154 darra, ikki yil surgun va turli cheklovchi jazolarga hukm qilindi. Joriy yil yanvar oyi oxirlarida esa u Eron hukumatining ayollarga nisbatan jinsiy kamsitish siyosatini xalqaro hujjatlarda jinoyat sifatida tan olishni so‘rab BMTga maktub yo‘lladi.
LiveBarchasi