Gavayidagi o‘rmon yong‘inlari 36 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Olam

image

AQSHning Gavayi shtatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab binolar yonib ketdi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, CNN xabar berdi.

Aytilishicha, Maui orolida uchta yirik yong‘in hali ham davom etmoqda. Shifoxonalar kuyish va tutundan zaharlanish qurbonlari bilan to‘lib ketgan.

“O‘rmon yong‘inlarini o‘chirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Aniqlanishicha, Laxayna shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan. Hozircha boshqa tafsilotlar yo‘q”, deydi AQSH rasmiylari.

Mahalliy ma’muriyatga ko‘ra, hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Sohil qo‘riqlash bo‘linmalari yong‘indan qochish uchun suvga sakragan 14 kishini qutqargan. Ular orasida ikki nafar bola ham bor. 

Tabiiy ofat tufayli yuzlab mahalliy aholi vakillari evakuatsiya qilingan. Maui orolining yong‘in chiqqan ba’zi qismlarida ko‘plab yo‘llarni yopishga to‘g‘ri kelgan. Hokimiyatning bunday choralari yong‘inning uylarga juda yaqin kelgani bilan bog‘liq. Ba’zilar oroldagi aloqa muammolari tufayli favqulodda xizmatlarga murojaat qila olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, shu yili dunyo bo‘yicha bir paytning o‘zida AQSHTurkiyaGretsiya, Italiya, Jazoir kabi mamlakatlarda o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgandi. Jazoirda o‘rmon yong‘inlari oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Turkiyaning bir nechta viloyatlari ham o‘rmon yong‘inlari ichida qolgan bo‘lsa, Kanadada o‘rmon yong‘inlari oqibatida 9 million gektar hudud kulga aylandi. Olimlar iyul oyining birinchi o‘n kunligida rekord darajadagi issiq haftani qayd etdi. Shuningdek, O‘rta yer dengizi suvlarining harorati ham rekord darajada isidi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2023 yilda butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo hodisalari avvalgiga nisbatan ko‘proq sodir bo‘lishidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

o'rmon yong'inlari Gavayi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing