Yaqin haftalarda O‘rta Yer dengizida jazirama issiq bo‘lishi prognoz qilindi

Bu qiziq

image

Kelayotgan ikki hafta ichida O‘rta Yer dengizi mintaqasidagi harorat o‘rtacha ko‘rsatkichdan besh daraja Selsiyga oshadi. Bunday prognoz kecha, 13 iyul kuni Jenevada BMTning ixtisoslashgan muassasasi bo‘lgan Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) tomonidan e’lon qilindi.

“Keyingi ikki hafta davomida Gidrometeorologiya xizmati O‘rta Yer dengizi mintaqasida harorat me’yordan yuqori bo‘lishini taxmin qilinmoqda. Haftalik anomaliya Selsiy bo‘yicha birdan besh darajagacha bo‘ladi. Ko‘p joylarda kunlik maksimal ko‘rsatkichlar 35-40 darajadan oshadi, yaqin Sharq va Turkiyaning janubi-sharqida joylashgan hudularda 45 daraja issiqqacha bo‘ladi. Issiq havo harorati avgust oyida ham davom etishi mumkin”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Shuningdek, meteorologlar ham bu borada issiq urishi va o‘rmon yong‘inlari xavfi ortishi haqida ogohlantirmoqda.

JMT hisobotiga ko‘ra, O‘rta Yer dengizi yuzasidagi harorat yaqin kunlarda juda yuqori bo‘ladi, ba’zi hududlarda Selsiy bo‘yicha 30 darajadan oshadi. G‘arbiy O‘rta Yer dengizida harorat o‘rtacha ko‘rsatkichdan to‘rt darajadan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, Shimoliy Afrika hozirda yuqori haroratdan aziyat chekmoqda. Marokash Gidrometeorologiya xizmati mamlakatning Janubiy hududlarida haddan tashqari issiqlik tufayli qizil xavf darajasini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, BMTning ixtisoslashgan Jahon meteorologiya tashkiloti o‘tgan haftada o‘rtacha harorat Selsiy shkalasi bo‘yicha +17,2 daraja atrofida bo‘lganini va dunyo bo‘ylab rekord darajada issiq havo harorati qayd etilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

issiq O'rta Er dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing