Iroq Hormuzni aylanib ötib, neft olib çiqişni boşladi – “Reuters”
Olam
−
13:05 476 2 daqiqa
Iroq Hormuz böğozidagi kemalar qatnovi uzilişlari sababli ön yillar davomida deyarli foydalanilmagan Suriya orqali ötuvçi quruqlik yönalişi böylab neft eksportini qayta tikladi. Yuzlab benzovozlar xomaşyoni sahro orqali Örta Yer dengizidagi Suriyaning Baniyas portiga yetkazib beriş uçun Basra yaqinidagi omborxona oldida navbatga turibdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, taşiş xarajatlari qimmatligiga qaramay, Suriyadagi köp yillik mojaro yakunlangani bois uşbu yönaliş yana jozibador bölib qolgan.
“Joriy yilning oktyabr oyidan beri Iroq neftini Baniyasga Qatarning UCC Holding energetika xoldingi taşimoqda”, deya ma’lum qilgan Basra Oil Company davlat kompaniyasi boş direktori Bassem Abdul Karim.
Uning sözlariga köra, SOMO davlat eksportçi kompaniyasi bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq, xolding sutkasiga 120 mingdan 150 ming barrelgaça neft olib çiqmoqda, hajm esa böş yuk maşinalari soniga boğliq.
Kelişuv şartlaridan xabardor manbaning ma’lum qilişiça, UCC ixtiyorida 6 mingta yuk maşinasi mavjud va kompaniya avtoparkni 10 mingtagaça kengaytirmoqda. Haydovçilardan biri Ishoq Muhammad şunday deydi:
“Biz neftni Tuba omborxonasidan yuklaymiz va Baniyasga olib boramiz. Boriş va qaytiş yöli beş kungaça vaqt oladi”.
Kelişuv kuçga kirgan 26 oktyabrdan buyon UCC qariyb 1,6 million barrel neft olib çiqqan. “Reuters” tanişgan hujjatga köra, 14 oktyabrdan boşlab uç oy davomida xolding bir barreli uçun 38 dollar çegirma bilan 5 milliondan 14 million barrelgaça oğir neft yuklaşni rejalaştirmoqda. Suriya orqali taşiş uçun UCC har bir barrel uçun taxminan 12 dollar oladi. Baniyasdan neft tankerlarda Örta Yer dengizidagi neftni qayta işlaş zavodlariga, jumladan, Gretsiya, Italiya va Turkiyaga yuboriladi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 12 noyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Vaşingtonga endi Eron bilan kelişuv kerak emasligini, çunki AQŞda “ularning böğozi borligini” ma’lum qilgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr