Misrda 22 kilometrlik suv yöllariga ega yangi şahar quriladi

Olam

−

image

Misrning Örta Yer dengizi sohilida, Marsa-Matruh şahri yaqinida “Alam al-Roum” nomli yangi şahar barpo etilişi rejalaştirilmoqda. Loyiha 20,6 kvadrat kilometr maydonni qamrab oladi. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi. 

Loyihaga köra, şaharda dengiz bilan tutaşgan lagunalar va boşqa suv yöllari taşkil etiladi. Ularning umumiy uzunligi 22 kilometr böladi. Suv havzalari turar joylar va jamoat binolari orasidan ötadi. Şu bilan birga, ular kuçli yomğir paytida töplanadigan suvlarni yiğiş va oqiziş vazifasini ham bajaradi.

Şaharni loyihalaşda Misrning şimoliy sohiliga xos tabiiy şaroit va iqlim hisobga olingan. Binolar hamda jamoat joylari dengizdan esadigan salqin şamol va tabiiy quyoş nuridan samarali foydalaniş imkonini beradigan tarzda quriladi.

Şuningdek, dengiz sathining özgarişi va sohildagi tabiiy şaroit inobatga olinib, şahar hududini dengiz sathidan balandroq kötariş rejalaştirilgan.

Qirğoqni himoya qilişda ham tabiiy usullardan foydalaniladi. Xususan, sohil böylab ösimliklar ekiladi, yomğir suvini yiğiş va tozalaş uçun botqoqlik hududlari taşkil etiladi. Qum tepaliklari mustahkamlanib, qirğoqning tabiiy ekotizimlari tiklanadi.

Loyiha Qatari Diar quriliş va köçmas mulk kompaniyasi buyurtmasi asosida işlab çiqilgan. Alam al-Roum şahrida plyajlar va lagunalar böyida turar joylar, şahar markazlari, mehmonxonalar, dam oliş majmualari, golf maydonlari, ta’lim muassasalari uçun hudud hamda biznes markazi qurilişi közda tutilgan.

Şaharning asosiy yöli keng bulvar böladi. U Örta Yer dengizi sohilida joylaşgan xalqaro yaxtalar portini şahar içkarisidagi transport markazi bilan boğlaydi. Loyiha mualliflari Alam al-Roum’ni yil davomida sayyohlar taşrif buyuradigan madaniyat va turizm markaziga aylantirişni maqsad qilgan. Şu maqsadda sohil hududida madaniy tadbirlar ötkazişga möljallangan maydon, amfiteatr, yaxta klubi, masjid va bozorlar barpo etiladi.

Qurilişning birinçi bosqiçi 2030 yilda boşlanişi kutilmoqda. Uşbu bosqiçda tört kvadrat kilometr maydon özlaştiriladi. Bu hududda plyajlar, oçiq dengiz bilan tutaşgan lagunalar va şahar markazida yaxtalar portini quriş rejalaştirilgan.

Ma’lumot uçun, sönggi yillarda Misr Qohiraning şarqiy qismida yangi ma’muriy poytaxt qurilişini ham boşlagan. Şaharning dastlabki loyihasi SOM me’morlik byurosi tomonidan işlab çiqilgan, keyinçalik esa xalqaro quriliş konsalting kompaniyasi Dar al-Handasah Shair & Partners tomonidan takomillaştirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing