Misrda 3400 yillik qarğiş matnlari topildi

Olam

−

visibility1097 timer2 daqiqa

image

Misrdagi Tutmos III ibodatxonasi hududidan yoşi taxminan 3400 yilga teng bölgan, qarğiş marosimlarida foydalanilgan papirus parçalari topildi. Kuygan va ötkir buyum bilan teşilgan uşbu parçalar qadimgi misrliklarning quyoş xudosi Ra duşmani hisoblangan Apopga qarşi marosimlarni amalda bajarganini körsatadi. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.

Arxeologlar Fiva şahridagi ibodatxona hududidan uzunligi taxminan 75 metr, eni esa 10–20 metr bölgan qadimiy çiqindi uyumini aniqlagan. U yerdan topilgan aşyolar orasida 40 ga yaqin kiçik papirus parçalari ham bölgan. Tadqiqotçilar ularning vazifasini rasmlar, yozuvlar va şikastlaniş izlarini örganiş orqali aniqlagan.

Qadimgi misrliklar quyoş xudosi Ra har keça yerosti olamida ulkan ilon – Apop bilan jang qilişiga işongan. Apop tartibsizlik va vayronkorlik timsoli hisoblangan. Jretslar Ra duşmanini yengişi va quyoş ertalab yana çiqişi uçun maxsus marosimlar ötkazgan. Ularda ilon tasviriga qarğişlar yozilgan, u piçoq bilan teşilgan, oyoq osti qilingan va yoqib yuborilgan.

Topilgan papiruslardagi rasmlar va ularga hamroh yozuvlar qizil siyohda, varaqning faqat bir tomoniga tuşirilgan. Ayrim parçalarda töğri törtburçak şaklidagi qizil çiziqlar ham saqlanib qolgan. Ularning joylaşuvi rasmlar alohida-alohida emas, balki katta papirus varağida bir neçta bir xil qismga bölib çizilganini körsatgan. Keyin varaq mayda bölaklarga kesilgan.

Olimlarning fikriça, bunday usulda bir vaqtning özida köplab marosim buyumlari tayyorlangan. Çunki ularning har biri marosim davomida yöq qilingan. Papiruslardagi teşiliş va kuyiş izlari ham bu taxminni tasdiqlaydi.

Tadqiqotçilarning bildirişiça, dastlab Apopga qarşi qöllanilgan bunday qarğiş marosimlari keyinçalik fir’avn duşmanlari, alohida şaxslarning yovuz niyatli raqiblari, kasalliklar va xavfli tabiiy hodisalarga qarşi ham bajarilgan. Topilmalarning soni va holati esa uşbu marosimlar qadimgi Misrda tez-tez ötkazilgani va kundalik hayotning bir qismiga aylanganini körsatadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Misrning Nil deltasi hududidagi qişloqda qariyb 3 ming yil davomida yer ostida qolib ketgan ikkita ulkan fir’avn haykalining qoldiqlari topilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing