Misrda ikkita yölovçi poyezdi töqnaşdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

−

image

Misr poytaxti Qohira janubida ikki yölovçi poyezd töqnaşdi. Hodisa oqibatida 7 kişi, jumladan, poyezd maşinisti halok böldi, kamida 125 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, halokat keça, 8 noyabr kuni Giza viloyatining Al-Ayyat tumanida, Qohiradan 52 kilometr janubda sodir bölgan. Misr Transport vazirligi ma’lumotiga köra, janubi-ğarbiydagi Fayum viloyatiga ketayotgan poyezd Asvon viloyatiga yöl olgan boşqa poyezdning orqa qismiga kelib urilgan.

Boş prokuratura idorasi tergovçilari voqea joyida tekşiruv ötkazgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, Fayum–Giza yönalişidagi poyezd ayni yölda töxtab turgan Qohira–Asvon poyezdining oxirgi vagoniga kelib urilgan. Har ikki poyezd bir yönalişda harakatlangan.

Misr Soğliqni saqlaş vazirligi jarohatlanganlarning 70 nafardan ortiği tibbiy yordam körsatilganidan keyin şifoxonadan çiqarilganini bildirgan.

Hodisa sodir bölgan hudud aholisi poyezd içida qolib ketgan yölovçilarni qutqarişga yordam bergan. Mahalliy aholi vakili Ayman Gamalning aytişiça, u jarohatlanganlarning qariyb 80 nafari tez yordam maşinalarida şifoxonalarga olib ketilganini körgan. Uning sözlariga köra, töxtab turgan poyezd vagonlaridan birida qolib ketgan ayrim yölovçilar taşqariga çiqarilganida allaqaçon vafot etgan bölgan.

Halokatdan omon qolgan Farha Gamalning aytişiça, töqnaşuvdan keyin ayrim vagonlar butunlay paçoq bölib ketgan. Yölovçilar havoga kötarilgan çang sabab nafas olişga ham qiynalgan. Ularni yaqin atrofdagi qişloqlar aholisi vagonlardan olib çiqqan.

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy halokat sabablarini aniqlaş uçun zudlik bilan tergov ötkazişni buyurgan. Vayronalarni olib taşlaş va poyezdlar qatnovini tiklaş uçun voqea joyiga favqulodda xizmatlar hamda kranlar yuborilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ispaniya markazidagi Toledo provinsiyasida ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd töqnaşib ketgan edi. Oqibatda 64 kişi halok bölib, yana 80 ga yaqin yölovçi jarohat olgan, ulardan 50 nafari oğir jarohatlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing