Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi. Önlab qurbonlar bor (video)
Olam
−
15:21 660 2 daqiqa
Bugun, 28 oktyabr kuni Ispaniya markazidagi Toledo provinsiyasida ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdning töqnaşib ketişi oqibatida kamida 10 kişi halok bölgani va yana köplab odamlar jarohat olgani aytilmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Ispaniya davlat temir yöl infratuzilmasi boşqarmasi bugun, 28 oktyabr kuni ertalab ikki poyezd örtasidagi orqadan töqnaşuvdan söng Madrid va janubiy Andalusiya mintaqasi örtasidagi qatnovlar töxtatilganini ma’lum qilgan.
Halokat yuz bergan Kastiliya-La-Mança mintaqaviy hukumati vakili töqnaşuv sabablari va jarohatlanganlar soni hali aniqlanayotganini bildirgan.
Hukumatdagi manbalar “El País” naşriga ma’lum qilişiça, kamida 10 kişi halok bölgan va uşbu halokat oqibatlari yanvar oyida 46 kişining yostiğini quritgan Adamus temir yöl fojiasidan ham oğirroq bölişi mumkin.
Ispaniyaning TVE davlat telekanalining xabar berişiça, halokat yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd boşqa bir tarkibning orqa qismiga borib urilişi va ikki vagonni izdan çiqarib yuborişi oqibatida yuz bergan.
Toledo şahri yaqinidagi Urda şahri hokimi Manuel Galan favqulodda xizmatlar undan jarohatlanganlarni joylaştiriş uçun sport zalini tayyorlaşni söraganini aytgan.
Keyingi oyda bölib ötadigan umumiy saylovlarga tayyorgarlik körayotgan Ispaniyaning asosiy siyosiy partiyalari kunlik rejalaştirilgan tadbirlarini töxtatgan.
Boş vazir Pedro Sançes halokat haqidagi xabardan hayratda ekanini bildirgan.
“Men Transport vaziri va Kastiliya-La-Mança prezidenti bilan doimiy aloqada bölib turibman. Favqulodda xizmatlar barça tegişli idoralar bilan muvofiqlaşgan holda jabrlanganlarga yordam beriş va ularning xavfsizligini ta’minlaş uçun joyida iş olib bormoqda. Barça qurbonlar va ularning oilalariga özimning hamdardligim va qöllab-quvvatlaşimni bildiraman”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğidagi postida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pokistonning Panjob viloyatida yölovçi poyezdining relsdan çiqib ketişi oqibatida kamida olti kişi halok bölgandi va 30 kişi jarohatlangan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr