Misrga boradigan özbekistonliklar uçun xuşxabar e’lon qilindi
Jamiyat
−
20:23 3247 2 daqiqa
Özbekiston fuqarolarining Misr Arab Respublikasiga kirişiga oid yangi qoidalarni joriy etiş muddati 2027 yil 1 martga qadar keçiktirildi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Taşqi işlar vazirligi va Özbekistonning Qohiradagi elçixonasi tomonidan Misr tomoni bilan töğridan töğri muzokaralar olib borilişi natijasida Özbekiston fuqarolarining uşbu hududga kiriş tartibini qat’iylaştiriş böyiça avval qabul qilingan qarorni qayta körib çiqiş yuzasidan kelişuvga erişilgan.
Şu tariqa, yangi qoidalar kuçga kirguniga qadar Özbekiston fuqarolari Misrga amaldagi tartib asosida sayohat qilişi mumkin.
Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi xorijiy hamkorlar bilan fuqarolarning çet elga safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, vizasiz rejimlarni joriy etiş hamda boşqa xorijiy davlatlar bilan mavjud safar tartib-taomillarini soddalaştiriş borasida izçil işlarni davom ettirmoqda.
“Öz navbatida, fuqarolarimizni xorijiy davlatlarga safar qiliş çoğida mahalliy qonunçilik va belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etiş, viza va migratsiya talablarini bajariş, şuningdek, borilayotgan mamlakatning milliy qadriyatlari, an’analari va jamoat tartibini hurmat qilişga çaqiramiz”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, TIV har bir fuqaroning xorijda mas’uliyatli xulq-atvor namoyon etişi Özbekistonning ijobiy imijini mustahkamlaş va mamlakatning xalqaro hamkorligini yanada rivojlantirişga xizmat qilişi qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yil 1 noyabrdan boşlab Özbekiston Respublikasi fuqarolarining Misr Arab Respublikasiga kirişi böyiça yangilangan tartib joriy etilişi kerak edi.
Live
Barchasi