Dunyoda rekord darajadagi eng issiq hafta qayd etildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

BMTning ixtisoslashgan Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) o‘tgan haftada o‘rtacha harorat Selsiy shkalasi bo‘yicha +17,2 daraja atrofida bo‘lganini va dunyo bo‘ylab rekord darajada issiq havo harorati qayd etilganini ma’lum qildi.

“Dunyoning turli burchaklaridagi hamkorlarimiz hisob-kitoblariga ko‘ra, iyul oyining birinchi haftasida rekord darajadagi kunlik global harorat o‘rnatildi”, degan JMT iqlim monitoringi bo‘limi rahbari Umar Baddur Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

U shuningdek, rekord aynan joriy yilning 4 va 7 iyul kunlari yangilangan degan xulosaga kelinganini bildirgan.

“Harorat +17,2 daraja Selsiyga yaqin. 7 iyuldagi harorat 4 iyuldagi haroratdan kamida 0,01 daraja yuqori bo‘lgan. Avvalgi rekord +16,9 daraja Selsiy bo‘yicha 2016 yil avgustida, El-Ninyo (dengiz suvlarning ilishi) tabiat hodisasi sodir bo‘lganida qayd etilgan”, deya qo‘shimcha Baddur.

Brifingda JMT iqlim tadqiqotlari dasturi rahbari Maykl Sperrou iyun oyida Antarktidadagi dengiz muzlari maydoni rekord darajada qisqarganiga e’tibor qaratgan.

“Bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan 17 foizga kam. Biz Antarktidada emas, Arktikada dengiz muzlarining qisqarishiga o‘rganib qolganmiz. Quruqlik yuzasida nafaqat harorat ko‘tarilmoqda, balki okean ham isib, yerda yuzlab yillar saqlanib qolayotgan energiyani yutmoqda”, deya takidlagan Maykl Sperrou.


Maqola muallifi

Teglar

rekord issiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing