Kongoda Ebola olti oyda 5,5 mingdan ortiq kişining “boşini yedi”
Olam
−
08:29 186 2 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi rekord darajada tez tarqalmoqda. Olti oy içida 11 mingdan ortiq odam virusni yuqtirdi, 5,5 mingdan ziyodi vafot etdi. Kasallik tarqalişi va ölim holatlari avvalgi eng yirik Ebola epidemiyasining dastlabki olti oyiga qaraganda ikki baravar tez oşmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, epidemiyaga virusning kam uçraydigan Bundibugio ştammi sabab bölmoqda. Joriy yilning 15 may kuni e’lon qilingan epidemiya oradan olti oy ötsa ham nazoratga olinmagan. Kongo soğliqni saqlaş idoralari vaziyatni jilovlaşda qiyinçiliklarga duç kelmoqda.
Taqqoslaş uçun, 2014–2016-yillarda Ğarbiy Afrikada kuzatilgan Ebola epidemiyasi tarixdagi eng yirik epidemiya bölgan. Öşanda 28,6 mingdan ortiq odam kasallangan, 11 mingdan ziyodi vafot etgan. Hozirgi Kongodagi epidemiyada esa kasallaniş va ölim körsatkiçlari öşa epidemiyaning dastlabki olti oyidagiga nisbatan ikki baravar tez oşmoqda.
Kongoda bu Ebola bilan boğliq 17-epidemiya hisoblanadi. Epidemiyaga qarşi kuraşda xavfsizlik muammolari, tibbiy resurslar yetişmasligi va yordam taşkilotlari örtasidagi muvofiqlaştirişning sustligi jiddiy tösiq bölmoqda. Kasallik tarqalgan ayrim hududlarda tibbiyot xodimlari, maxsus transport vositalari va epidemiologik kuzatuv guruhlariga hujumlar uyuştirilgan. Mahalliy aholining taşqaridan kelganlarga işonçsizligi ham vaziyatni murakkablaştirmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Adanom Gebreyesus xavfsizlik muammolari epidemiyaga qarşi kuraşdagi eng katta tösiqlardan biri ekanini aytgan.
“Çegara bilmas şifokorlar” xalqaro taşkiloti esa epidemiyaning dastlabki öçoği bölgan Itburi provinsiyasidan taşqaridagi kasallik avj olgan hududlarga zarur tibbiy vositalar va jihozlar yetib bormayotganini bildirgan.
Bundan taşqari, Kongo tibbiyot xodimlari iş şaroitlari va maoşlar keçiktirilayotgani sababli iş taşlagan. Ayrim xodimlar avgust oyidan buyon iş haqi olmagan. JSST rahbarining aytişiça, bu holat epidemiyaga qarşi çoralar körilişini sekinlaştirmoqda. Kongo hukumati esa muammoni hal qiliş ustida işlayotganini ma’lum qilgan.
Epidemiyaga qarşi kuraş uçun 2,9 milliard dollar ajratilişi va’da qilingan, biroq hozirgaça bu mablağning yarmidan kami berilgan. Afrikaning soğliqni saqlaş böyiça yetakçi taşkiloti donorlarni mablağlarni samarali sarflaş va yordam takrorlanişining oldini oliş uçun Kongo hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusini yuqtirganlar soni 11 mingdan oşgani haqida xabar berilgan edi. Kasallik oqibatida 5 387 kişi vafot etgan.
Live
Barchasi