Ebola “quturmoqda”: kasallanganlar 12 mingdan oşdi
Olam
−
313 3 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasining şarqiy hududlarida Ebola epidemiyasi bilan kasallanganlar soni 12 ming nafardan oşdi. Mamlakatdagi qurolli töqnaşuvlar esa kasallik tarqalişiga qarşi kuraşni qiyinlaştirmoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Kongo Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, hozirgaça 12 021 nafar kişida Ebola virusi tasdiqlangan, ulardan 5 904 nafari vafot etgan. Şu tariqa, kasallikni yuqtirganlarning qariyb yarmi hayotdan köz yumgan.
Qayd etilişiça, joriy yilning may oyida boşlangan epidemiya Bundibugio deb ataluvçi Ebola virusi turi sababli yuzaga kelgan. Uşbu virusga qarşi hozirça tasdiqlangan vaksina yoki davolaş usuli mavjud emas.
Kasallik bilan boğliq vaziyatni nazorat qilişga qurolli mojarolar, yomon yöllar, aholining işonçsizligi va notöğri ma’lumotlar tarqalişi ham tösqinlik qilmoqda.
Ebola kasal yoki uşbu kasallikdan vafot etgan insonlarning qoni va boşqa tana suyuqliklari bilan bevosita aloqa qiliş orqali yuqadi. Uning tarqalişini çeklaş uçun bemorlarni tezda aniqlaş va izolyatsiya şaroitida davolaş, virusni yuqtirgan bölişi mumkin bölgan şaxslarni kuzatiş hamda marhumlarni xavfsiz dafn etiş talab etiladi.
Ma’lum qilinişiça, keça, 26 noyabr kuni Kongo şarqidagi Buniya şahridan 25 kilometr şimolda joylaşgan Iga-Barer konçilik şaharçasida armiya va isyonçilar örtasida yana janglar boşlangan. Töqnaşuvlar sababli hududdan Buniya şahriga köçib kelayotgan aholi oqimi ortgan. Mazkur şahar Ituri provinsiyasining ma’muriy markazi hamda Ebola epidemiyasiga qarşi kuraşning asosiy markazlaridan biri hisoblanadi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Ebola epidemiyasi böyiça mas’ullaridan biri Ketrin Smollvudning aytişiça, armiya va isyonçilar örtasidagi janglar tibbiy guruhlarning ayrim hududlarga yetib borişiga tösqinlik qilgan. Natijada virusni yuqtirgan bölişi mumkin bölgan odamlarni kuzatiş işlari töxtab qolgan, ayrim davolaş markazlarida esa xodimlar soni kamaygan.
Şuningdek, joriy yilning 24 noyabr kuni viloyat markazining şimoli-şarqida joylaşgan Akve şahridagi şifoxonada uç kun davomida otişmalar sababli qamalib qolgan qariyb 10 kişi, jumladan, JSSTning ikki xodimi va Kongo soğliqni saqlaş idoralari vakillari Buniya şahriga evakuatsiya qilingan.
Ma’lumotlarga köra, bu Kongo Demokratik Respublikasida qayd etilgan 17-Ebola epidemiyasi hisoblanadi. Hozirgi epidemiya mamlakat tarixidagi eng halokatli epidemiyaga aylanişi mumkin. Uning qurbonlari soni 2014–2016 yillarda Ğarbiy Afrikada 11 mingdan ortiq kişining hayotiga zomin bölgan Ebola epidemiyasi körsatkiçidan oşib ketişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasidan olti oy içida 11 mingdan ortiq odam virusni yuqtirib, 5,5 mingdan ziyodi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi