Kongoda jangarilar qişloqni yoqib yubordi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
15:41 639 2 daqiqa
Joriy yilning 5 noyabr kuni Kongo Demokratik Respublikasining şarqidagi qişloqqa uyuştirilgan qurolli hujum oqibatida kamida 33 kişi halok böldi, 50 dan ortiq uy yoqib yuborildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hujum mamlakatning Şimoliy Kivu provinsiyasidagi Kantine qişloğida tunda sodir bölgan. Mahalliy fuqarolik jamiyati taşkiloti rahbari Jastin Palukuning aytişiça, hozirgaça 33 kişining jasadi topilgan. Jangarilar uylarni talon-toroj qilgan va yoqib yuborgan.
Hujum oqibatida köplab aholi viloyatning boşqa hududlariga qoçişga majbur bölgan. Ular orasida mahalliy şifoxonada davolanayotgan 180 nafar bemor ham bor. Kelekele şifoxonasi tibbiy direktori Kristian Kakulening ma’lum qilişiça, ular orasida Ebola kasalligiga çalinganlikda gumon qilingan bemorlar va kasallik tasdiqlangan bir kişi ham bölgan.
Uning sözlariga köra, şifoxonadan atigi 50 metr uzoqlikda öq ovozlari eşitilgan va uylar yonib ketgan. Tibbiyot xodimlari bemorlarning qoçib ketişi kasallikning yanada tarqalişiga sabab bölişidan xavotirda.
Qayd etilişiça, Şimoliy Kivu provinsiyasi Bundibugyo virusi sabab yuzaga kelgan Ebola epidemiyasining asosiy öçoqlaridan biriga aylangan. Hududdagi qurolli töqnaşuvlar kasallikka qarşi kuraşiş va bemorlarga yordam körsatiş işlarini qiyinlaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sudan va Janubiy Sudan çegarasidagi bahsli Ab’ey hududida joylaşgan bozorga dronlar bilan hujum qilinişi oqibatida kamida 153 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr