“Eng köp qurbon”. Kongoda Ebola bilan kasallanganlar 11 mingdan oşdi

Olam

−

image

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusini yuqtirganlar soni 11 mingdan oşdi. Kasallik oqibatida 5 387 kişi vafot etdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik va eng köp qurbonlarga sabab bölgan Ebola epidemiyasi hisoblanadi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Kongo Soğliqni saqlaş vazirligining bugun, 11 noyabr kungi ma’lumotlariga köra, mamlakatda jami 11 042 kişi virusni yuqtirgan. Ularning qariyb yarmi kasallik oqibatida hayotdan köz yumgan.

Epidemiya may oyining örtalarida e’lon qilingan. Şundan beri mamlakat rasmiylari virus tarqalişini töxtata olmayapti. Bunga qurolli töqnaşuvlar, soğliqni saqlaş tizimidagi inqiroz, yöllarning yomon ahvoli hamda aholining virusga işonçsizligi tösqinlik qilmoqda. Ayrim hududlarda odamlar tibbiyot xodimlariga qarşilik körsatmoqda, hatto ularga hujum qilmoqda.

Epidemiyaga Bundibugio virusi sabab bölmoqda. Hozirça uşbu virusga qarşi vaksina ham, maxsus davolaş usuli ham mavjud emas. Kasallik Kongoning 26 provinsiyasidan sakkiztasiga tarqalgan.

Ayniqsa, Ituri va Şimoliy Kivu provinsiyalarida qurolli töqnaşuvlarning kuçayişi tibbiyot xodimlarining bemorlarga yetib borişini qiyinlaştirmoqda. Soğliqni saqlaş idoralari kasallanganlarga yordam körsatiş uçun janglarni töxtatişga çaqirgan.

Mutaxassislar virus tarqalişini jilovlaş uçun qöşimça çoralar köriş zarurligini bildirmoqda. Ebola Uganda, Keniya va Nigeriya kabi boşqa Afrika davlatlarida ham tarqalgan.

Ma’lumot uçun, Ebola virusi ilk bor 1976 yilda aniqlangan. Kasallikning eng yirik va halokatli epidemiyasi 2014–2016 yillarda Ğarbiy Afrikada yuz bergan. Öşanda 28 ming kişi virusni yuqtirgan, 11 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Kongodagi hozirgi epidemiya esa kasallanganlar va qurbonlar soni böyiça tarixdagi ikkinçi eng yirik Ebola epidemiyasiga aylangan. U e’lon qilinganidan keyingi şu davrda Ğarbiy Afrikadagi epidemiyaga qaraganda kamida uç baravar köp kasallaniş va ölim holatlari qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan kasallanganlarning ölim darajasi 51,6 foizga yetgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing