Kongoda bir oyda 28 ta begemot kuydirgidan öldi
Olam
−
09:42 750 2 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasidagi Virunga milliy boğida sönggi bir oy içida 28 ta begemot kuydirgi kasalligidan nobud böldi. Mutaxassislar kasallik odamlarga ham yuqişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Qayd etilişiça, sentyabr oyining örtalarida Afrikaning eng qadimiy milliy boğlaridan biri hisoblangan Virunga ğarbidagi Semuliki daryosida begemotlarning jasadlari topila boşlagan. Laboratoriya tekşiruvlari natijasida hayvonlarning ölimiga Bacillus anthracis bakteriyasi keltirib çiqaradigan kuydirgi kasalligi sabab bölgani tasdiqlangan.
Virunga milliy boği ma’muriyati kasallik kasal yoki ölgan hayvon bilan aloqa qiliş, şuningdek, uning göştini iste’mol qiliş orqali odamlarga yuqişi mumkinligini bildirgan. Şu sababli hudud aholisi topilgan ölik hayvonlarga tegmaslik, ularning terisini şilmaslik va göştini iste’mol qilmaslik haqida ogohlantirilgan.
Hozirda mutaxassislar zararlangan hududni kuzatib, yangi holatlarni qayd etmoqda hamda hayvonlar jasadlarini xavfsiz yöq qiliş çoralarini körmoqda.
Ekologiya va veterinariya tibbiyoti böyiça mutaxassis Joel Mbusa Mapolining ta’kidlaşiça, begemotlar ekotizimda muhim örin tutadi. Ularning nobud bölişi suv va quruqlik ekotizimlari örtasidagi tabiiy muvozanatga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
Ma’lumotlarga köra, Virunga milliy boğida kuydirgi kasalligi ilk bor kuzatilayotgani yöq. 2025 yilda ham uşbu kasallik oqibatida 65 ta begemot nobud bölgan. Mutaxassislar bakteriya tuproqda sporalar şaklida önlab yillar davomida saqlanib qolişi mumkinligini aytmoqda.
Qayd etiş joiz, joriy yilning fevral oyida ötkazilgan hisob-kitoblarga köra, Virunga milliy boğida 2,7 mingdan ortiq begemot yaşaydi.
Bundan taşqari, hududda uzoq yillardan beri davom etayotgan qurolli töqnaşuvlar ham yovvoyi tabiatni muhofaza qilişni qiyinlaştirmoqda. Milliy boğ ma’muriyati sönggi tört yil içida mojaro sababli öz hududining katta qismini nazorat qiliş imkoniyatini yöqotganini bildirgan. Qurğoqçilik esa hayvonlarning suv manbalari atrofida töplanişiga va zararlangan tuproq bilan köproq aloqada bölişiga olib kelmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq bir oy içida 15 ta fil halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi