Dunyoda qurolli mojarolar hududida yaşayotgan bolalar soni rekord darajaga yetdi
Olam
−
12:01 240 3 daqiqa
2025 yilda dunyo böylab 589 million nafar bola qurolli mojarolar davom etayotgan hududlarda yaşagan. Bu 1990 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiç bölib, 1990 yillar örtasidagi raqamdan ikki baravardan ham köp. Bu haqda DW xabar berdi.
Taşkilotning “Bolalarga qarşi uruşni töxtating” (Stop the War on Children) hisobotida keltirilişiça, Afrika va Yaqin Şarqdagi har beş boladan ikkitasi 2025 yilda qurolli mojarolar hududida yaşagan. Dunyodagi mojaro hududlarida istiqomat qiluvçi bolalarning 44 foizi Afrika hissasiga töğri kelgan.
Yaqin Şarqda ham vaziyat keskinlaşgan. 2024 yilda mintaqada mojaro hududlarida yaşovçi bolalar soni 52 million nafarni taşkil etgan bölsa, 2025 yilda bu körsatkiç qariyb 29 foizga oşib, 67 million nafarga yetgan. Afrikada esa mojarolar ta’sirida qolgan bolalar uluşi 2010 yildagi 12 foizdan 2025 yilda 39 foizga kötarilgan.
Hisobotda qurolli mojarolar davomida bolalarga nisbatan sodir etilayotgan oğir huquqbuzarliklar ham tahlil qilingan. Xususan, 2025 yilda BMT tomonidan bolalarga gumanitar yordam yetkazilişiga tösqinlik qiliş bilan boğliq 8 322 ta holat tasdiqlangan. Bu 2015 yildagi körsatkiçdan 16 baravar köp. Uşbu holatlarning 5 946 tasi, ya’ni 70 foizdan ortiği Falastin hududlarida qayd etilgan.
Şuningdek, 2025 yilda bolalarga nisbatan jami 38 967 ta oğir huquqbuzarlik holati tasdiqlangan. Bu BMTning monitoring tizimi işga tuşirilganidan buyon qayd etilgan ikkinçi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi. Eng yuqori natija 2024 yilda – 41 763 ta holat bölgan.
Qayd etilişiça, 2025 yilda qurolli mojarolar oqibatida 14 224 nafar bola halok bölgan yoki jarohatlangan. Şuningdek, bolalarni öğirlaş bilan boğliq holatlar rekord darajaga – 5 128 taga yetgan. Bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlikning 1 787 ta holati qayd etilgan. Bu sönggi ön yildagi körsatkiçdan 71 foizga köp.
Maktablar va şifoxonalarga hujumlar soni ham ketma-ket beşinçi yil ösgan. 2025 yilda bunday 2 930 ta holat qayd etilgan. Hujumlarning eng köpi Falastin hududlarida – 837 ta, Ukrainada esa 643 ta bölgan. Bu ikki hududdagi hujumlar jahon böyiça qayd etilgan barça holatlarning yarmidan köpini taşkil qilgan.
Jinsiy zöravonlik holatlari Kongo Demokratik Respublikasi va Sudanda ham keskin köpaygan. Kongoda bunday holatlar 2024 yildagi 358 tadan 2025 yilda 592 taga, Sudanda esa 74 tadan 193 taga yetgan. Umumiy holatlarning qariyb 86 foizi Afrikadagi qurolli mojaro hududlarida qayd etilgan.
Save the Children taşkiloti bolalarning qurolli mojarolardan aziyat çekişi bugungi kunning eng dolzarb siyosiy muammolaridan biri ekanini ta’kidlagan. Taşkilot xalqaro hamjamiyatni bolalar xavfsizligini birinçi öringa qöyişga va ularni uruş oqibatlaridan himoya qilişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, 2025 yil böyiça ma’lumotlarga köra, dunyoda qariyb 138 million bola mehnat qilişga majbur bölib, ulardan 54 millioni hayoti va soğliği uçun xavfli bölgan şaroitda işlayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi