Qozoğistonda bolalar uçun fotosuratli ID-kartalar joriy etilişi mumkin
Olam
−
15:56 209 2 daqiqa
Qozoğistonda bolalarning şaxsini fotosurat orqali aniqlaş imkonini beruvçi maxsus hujjat yoki identifikatsiya mexanizmini joriy etiş masalasi muhokama qilinmoqda. Taşabbus Qurultoydagi hukumat soatida deputat Yekaterina Smişlyayeva tomonidan ilgari surilgan.
Deputatning fikriça, bolalarni fotosurat orqali identifikatsiya qiliş ularni almaştiriş va sotiş kabi holatlarning oldini olişga yordam berişi mumkin. U bu borada Adliya vazirligida tuğilganlik haqidagi guvohnomani bolaning şaxsini aniqlaş imkonini beruvçi ma’lumotlar bilan töldiriş rejasi bor-yöqligi yoki boşqa hujjat joriy etilişi közda tutilayotgani bilan qiziqqan.
Ta’lim vaziri Juldiz Sulaymenova uşbu masalani hal etiş uçun maxsus komissiya tuzilayotganini ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, asosiy qiyinçiliklar biometrik ma’lumotlardan foydalaniş va bolalarning şaxsiy ma’lumotlarini himoya qiliş böyiça qonunçilik talablari bilan boğliq.
“Biz bolaning fotosurati va şaxsini tasdiqlovçi ma’lumotlardan foydalangan holda uni identifikatsiya qiliş imkonini beruvçi variant ustida işlayapmiz”, degan vazir.
Adliya vaziri örinbosari Aydar Jarilganov esa tuğilganlik haqidagi guvohnoma tibbiy tuğilganlik ma’lumotnomasi yoki tuğiliş holatini tasdiqlovçi sud qarori asosida berilişini tuşuntirgan. Hujjatni rasmiylaştiriş jarayonida vakolatli organlar bolaning şaxsini tekşirmaydi. Şuningdek, mazkur xizmatni ularning iştirokisiz ham oliş mumkin.
Vazir örinbosarining ta’kidlaşiça, amaldagi talablarga köra, tuğilganlik haqidagi guvohnomada bolaning fotosurati bölişi şart emas.
Bundan taşqari, identifikatsiya usulini tanlaşda bolaning taşqi körinişi qançalik tez özgarişi ham hisobga olinişi kerak. Jumladan, agar bolani soğliqni saqlaş muassasasida suratga olişga qaror qilinsa, uning hayotining dastlabki yillarida taşqi körinişi tez özgarişi texnik qiyinçiliklarni keltirib çiqarişi mumkin.
Hozirça bolalarni identifikatsiya qiliş uçun aynan qaysi hujjat yoki mexanizm tanlanişi ma’lum qilinmagan. Masala böyiça xorijiy davlatlar tajribasi ham örganilmoqda. “Qozoğiston bolalari” konsepsiyasi doirasida bu yönalişdagi işlarni 2027 yil iyul oyiga qadar yakunlaş rejalaştirilgan.
Live
Barchasi