11 yoşli şaxmatçi qiz 38 yillik rekordni yangiladi
Sport
−
13:28 432 1 daqiqa
Buyuk Britaniyalik 11 yoşli Bodxana Sivanandan şaxmat tarixidagi eng yoş ayol xalqaro master (IM) unvoniga sazovor böldi. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar berdi.
U Çernogoriyada ötkazilgan Yevropa klublar kubogining sönggi turida şvetsiyalik Viktoriya Yoxanssonni mağlub etib, yetti imkoniyatdan 5,5 oçko töpladi va uçinçi xalqaro masterlik normasini bajardi.
Bodxana 11 yoş, 7 oy va 16 kunligida bu natijaga erişib, afsonaviy şaxmatçi Yudit Polgarning 1988 yildan beri saqlanib kelayotgan rekordini yangiladi.
U xalqaro masterlik talablarini eng yoş bajargan şaxmatçilar röyxatida yettinçi örinni egalladi. Özbekistonlik Javohir Sindarov esa uşbu röyxatda oltinçi örinda turibdi. Sindorov 2017 yilda 11 yoş, 6 oy va 16 kunligida xalqaro masterlik talablarini bajargan edi.
Ma’lumot uçun, Bodxana Sivanandan joriy yilning sentyabr oyida Samarqandda ötkazilgan Şaxmat olimpiadasida ham ayollar örtasidagi eng yoş grossmeyster böliş uçun zarur talablarni bajargan edi.
Live
Barchasi