Jazoirdagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
26 iyul 2023
2770Jazoirdagi yong‘inlarda kamida 34 kishi, jumladan, Milliy xalq armiyasining 10 nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda Shimoliy Afrika Respublikasining Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlari mamlakatning kamida 11 viloyatini qamrab olgan. Olovni o‘chirishga sakkiz mingdan ortiq xodim va 529 ta maxsus texnika, jumladan, Be-200 amfibiya samolyoti jalb qilingan.
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tabiiy yong‘inlar sodir bo‘lgan viloyatlardagi vaziyat doimiy monitoring qilinib, mahalliy aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda”, deyiladi IIV axborotida.
Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbon qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Jazoirning shimoli va sharqida issiq havo tufayli tabiiy yong‘inlar avj oldi. Ayrim hududlarda termometr ko‘rsatkichi Selsiy bo‘yicha 48 darajagacha ko‘tarilgan. Vaziyat kuchli shamol tufayli yanada murakkablashgan.
LiveBarchasi