Turkiyada o‘rmon yong‘inlari Antaliya, Kemer va Qahramonmarashni qamrab oldi (video)

Olam

image

Turkiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Yong‘in uchta viloyat – Antaliya, Manisa va Qahramonmarashni qamrab oldi. Bu haqda mamlakat O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi. 

Aytilishicha, yong‘inlar Kemer shahridagi sayyohlik hududiga ta’sir qilgan va uni hatto, mehmonxonalardan ham kuzatish mumkin bo‘lgan. Ba’zi kadrlar kurort hududidan bir necha kilometr narida o‘rmonlar yonayotganini ko‘rsatadi.

Mahalliy OAVning yozishicha, bir nechta mehmonxonalarda elektr ta’minotida uzilishlar yuz bergan, biroq Kemer ma’muriyati evakuatsiya haqida e’lon qilishni rejalashtirmayapti. Turkiyadagi issiq ob-havo yong‘inga qarshi kurashga to‘sqinlik qilmoqda.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga hozirdanoq 24 ta samolyot, 100 ta vertolyot va 10 ta dron, shuningdek, 25 ming nafar o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Antaliya o'rmon yong'inlari Qahramonmarash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing