Turkiyada yana yirik yong‘in yuz berdi (video)

Olam

image

Turkiyaning Hatay viloyatidagi Belen tumanida katta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

Yong‘in tog‘li hududda yuz bergan. Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar, o‘t o‘chirish mashinalari va vertolyot jo‘natilgan.

Respublika Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumaklining so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga 9 ta samolyot, 21 ta vertolyot, 59 ta yer usti texnikasi va 375 kishi jalb qilingan.

“O‘chirish havo va yerdan uzilishlarsiz amalga oshirilmoqda”, deydi u.

Yong‘in sabablari hozircha noma’lum. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Shuni ta’kidlash kerakki, hozirda Turkiyada issiq havo hukmron, ba’zi joylarda havo harorati 45 darajadan oshgan. Ushbu holat mamlakatda ko‘plab o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyaning Mug‘la viloyatidagi Milyas-Bodrum aeroporti yaqinidagi Akyol va Kemikler qishloqlari orasidagi o‘rmonda yirik yong‘in yuz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Hatay yong'ini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing