Gretsiyada o‘rmon yong‘inlarini o‘chirayotgan samolyot qulab tushdi (video) 

Olam

image

Gretsiyaning Karistos shahri yaqinidagi Evbeya orolida Canadair CL-215 samolyoti o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish paytida qulab, portlab ketdi. Bu haqda mahalliy “News247” va “Iefemerida” nashrlari xabar berdi. 

Holat kuzatuv kameralariga tushib qolgan bo‘lib, tasvirlardan ma’lum bo‘ladiki, samolyot o‘t o‘chirish vaqtida pastlab uchgan va daraxtga urilishi oqibatida qulab tushgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot ekipaji a’zolari – kapitan va uchuvchi hodisa oqibatida halok bo‘lgan. Vaziyatni baholash uchun voqea joyiga kuzatuv vertolyoti yuborilgan, samolyot qulagan nuqtada esa yong‘in kelib chiqqani sababli o‘t o‘chirish ishlari olib borilgan. 

Ma’lumot uchun, hozirda Gretsiyaning bir qator orollari bo‘ylab deyarli bir haftadan buyon o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Yong‘inlar issiq va quruq harorat natijasida yuzaga kelib, doimiy shamollar oqibatida kengayib boryapti. Gretsiyada yong‘inlar ortidan mamlakat tarixidagi eng katta evakuatsiya harakati e’lon qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, hozirda Turkiyaning ayrim hududlarida ham o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Oldinroq Kanadada sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlarida 9 million gektar yer yonib ketgandi. Bundan tashqari, shu yilning o‘zida Rossiya va Qozog‘istonda ham o‘rmon yong‘inlari yuz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Gretsiya samolyot o'rmon yong'inlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing