Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida 9 mln gektar hudud kulga aylandi

Olam

image

Iyul oyining dastlabki 10 kunligida Kanadada sodir bo‘layotgan o‘rmon yong‘inlari soni 590 tadan 734 taga oshdi va yong‘in natijasida vayron bo‘lgan hudud 9 million gektarga yetdi. Bu haqda “Mir24” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, O‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 734 ta yong‘indan 430 tasi haligacha nazoratga olinmagan. Eng ko‘p yong‘inlar Alberta, Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontario provinsiyalarida qayd etilgan. Yong‘in tarqalishiga mamlakatning deyarli butun hududida hukmronlik qilayotgan issiq ob-havo ham sabab bo‘lmoqda. Ba’zi hududlarda havo harorati 40 darajadan yuqoriga chiqmoqda.

Kanada favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik vaziri Uilyam Bler joriy o‘rmon yong‘inlari mavsumini mamlakat tarixidagi eng yomoni deb atadi. Prognozlarga ko‘ra, iyul-avgust oylarida ham quruq ob-havo hukmron bo‘lib, vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishda davom etadi.

Shuningdek, mamlakatdagi o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish uchun 10 ta davlatdan – Avstraliya, Ispaniya, Kosta-Rika, Meksika, Yangi Zelandiya, Portugaliya, AQSH, Fransiya, Chili va Janubiy Afrikadan kamida 1,8 ming xorijiy o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingan. O‘t o‘chirishda Kanada qurolli kuchlari ham ishtirok etmoqda. Hammasi bo‘lib besh mingga yaqin odam yong‘inni o‘chirishda qatnashmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kanadada o'rmon yong'inlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing