Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi million-million pul va 6 mingta qurol ajratyapti
Olam
−
24 mart 2022
8821Buyuk Britaniya Ukrainaga yana 6 mingta qurol, jumladan, tankga qarshi raketalarni bermoqchi. Bu haqda 24-25-mart kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi, “Yettilik” guruhi va NATO sammitlari arafasida Bosh vazir Boris Jonsonning idorasi tarqatgan xabarda aytiladi.
Ofisda ta’kidlanganidek, tashrif chog‘ida hukumat rahbari Kiyevga harbiy yordamning yangi paketini e’lon qiladi, shuningdek, "yana 6 mingta raketa", jumladan, tankga qarshi raketalar ham yuboriladi. Buyuk Britaniya allaqachon Ukrainaga 4000 dan ortiq Javelin va NLAW tankga qarshi raketa komplekslarini yuborgan.
“Birlashgan Qirollik o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordamni oshiradi”, deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, London qirollik TIVning mojaro zonalarida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha maxsus jamg‘armasidan Ukraina harbiylariga maosh to‘lash uchun 25 million funt sterling (33 million dollar) ajratmoqchi.
Rossiya va Ukrainadagi “dezinformatsiya”ga qarshi kurash uchun yana 4,1 million funt sterling (5,4 million dollar) BBC’ning butun dunyo bo‘ylab xizmatiga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya Ukrainadagi harbiy operatsiya yuzasidan tergov boshlagan Xalqaro jinoiy sudni moliyalashtirish uchun 1 million funt sterling (1,3 million dollar) ajratishi kutilmoqda.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
LiveBarchasi