Buyuk Britaniya Davlat Dumasining 386 nafar deputatiga sanksiya kiritdi
Olam
−
11 mart 2022
5352Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Davlat dumasining 386 nafar deputatiga Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olgani uchun sanksiyalar kiritdi va bu Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini boshlash uchun bahona ekanligini ta’kidladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, sanksiyalar Davlat Dumasi fevral oyida Ukraina suveren hududining bir qismi bo‘lgan Lugansk va Donetsk viloyatlarining mustaqilligini tan oluvchi kelishuvlarni ratifikatsiya qilgani va Rossiya bosqiniga bahona sifatida u yerda rus qo‘shinlarini doimiy joylashtirishga ruxsat bergani uchun joriy qilingan.
Ilgari kiritilgan sanksiyalarni hisobga olinsa, Britaniya qora ro‘yxatidagi rossiyalik deputatlar soni 400 nafarga yetdi. Ularning qirollik hududiga kirishi taqiqlangan, agar topilsa, ularning bank hisoblari muzlatiladi, Buyuk Britaniyada biznes yuritishi taqiqlanadi.
“Biz Putinning Ukrainaga noqonuniy bostirib kirishiga aloqador bo‘lganlarni va bu vahshiy urushni qo‘llab-quvvatlayotganlarni nishonga oldik. Biz bosimni yengillashtirmaymiz va sanksiyalar orqali Rossiya iqtisodiyoti uchun vintlarni tortamiz”, deydi Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass.
Umuman olganda, Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganidan beri Buyuk Britaniya bugun, 11 mart kuni e’lon qilingan choralarni ham hisobga olinsa, Rossiyadan 500 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Jami 800 dan ortiq rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslar hozirda London sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va Rossiyaning bir qator banklariga nisbatan sanksiyalar joriy etildi, bir qator sanoat tarmoqlarida tovarlarni eksport qilish taqiqlandi, Britaniya osmoni Rossiya samolyotlari uchun yopiq, Rossiya kemalari portlarga kirishi taqiqlandi va ko‘plab xususiy kompaniyalar Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatib turishga yoki Rossiya loyihalaridan butunlay voz kechishga va ularga sarmoya kiritishdan bosh tortishga qaror qilishdi.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
LiveBarchasi