Rossiyada uch kunlik parlament saylovlari boshlandi

Olam

image

Bugun, 18 sentyabr kuni Rossiyada Davlat dumasi deputatlarining uch kunlik saylovi boshlandi. Ovoz berish 18 sentyabrdan 20 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Qayd etilishicha, federal okrug bo‘yicha saylovda 10 ta siyosiy partiya ishtirok etmoqda. “Yabloko” partiyasi parlamentga o‘z nomzodini qo‘yish huquqidan mahrum qilingan.

Rossiya fuqarolari Davlat dumasining 450 nafar deputatini saylaydi: ularning teng yarmi partiyalar ro‘yxati bo‘yicha, qolgan yarmi esa bir mandatli okruglar bo‘yicha saylanadi. Regionlardagi saylov uchastkalari uch kun davomida mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 20:00 gacha ochiq bo‘ladi. Ularning eng birinchilari Kamchatka va Chukotkada o‘z ishini boshlagan.

Qayd etish joiz, Davlat dumasi saylovlarida ilk bor 2022 yilda Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan Donetsk Xalq Respublikasi (DXR), Lugansk Xalq Respublikasi (LXR), Zaporoje va Xerson viloyatlari aholisi ovoz bermoqda. Ular uchun, shuningdek, boshqalarga nisbatan tez-tez hujumlarga uchraydigan bir qator regionlar saylovchilari uchun muddatidan oldin ovoz berish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

Ro‘yxatlar bo‘yicha ovoz berish byulleteniga “Yedinaya Rossiya”, LDPR, “Partiya pryamoy demokratii”, “Zeleniye”, “Spravedlivaya Rossiya”, “Rodina”, KPRF, “Partiya pensionerov”, “Kommunisti Rossii” va “Noviye lyudi” kiritilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing