Britaniya KXDRni Rossiyaga qurol yetkazib berish bo‘yicha muzokaralarni rad etishga chaqirdi
Olam
−
14 Sentabr 2023
4435Buyuk Britaniya Shimoliy Koreyani ommaviy bayonotlariga rioya qilishga va Rossiyaga qurol yetkazib berish bo‘yicha muzokaralardan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning vakili Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Amur viloyatidagi “Vostochniy” kosmodromida bo‘lib o‘tgan muzokaralariga bergan izohida aytib o‘tdi.
“Biz KXDRni Rossiya bilan qurol-yarog‘ bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishga va Pxenyan tomonidan Rossiyaga qurol sotmaslik bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan ommaviy majburiyatlarga rioya qilishga chaqiramiz”, deydi Buyuk Britaniya Bosh vazirining idorasi xodimi.
Ma’lumot uchun, Kim Chen In to‘rt yil ichida birinchi marta mamlakatini tark etgan. U bundan oldin 2019 yilda Rossiyaga birinchi marta kelgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 sentyabr kuni Kim Chen In Pxenyandan jo‘nab, Rossiyaga maxsus poyezdda yo‘l olgandi. Kecha, 12 sentyabr kuni Rossiyaga kelgan Kim Chen In Tabiat vaziri Aleksandr Kozlov va Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako bilan muzokara o‘tkazdi. Bugun, 13 sentyabrda Shimoliy Koreya yetakchisi Prezident Putin bilan “Vostochniy” kosmodromida uchrashdi. Ular qisqa suhbatdan so‘ng kosmodromdagi ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi. Keyin esa davlat rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalarning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Kim Chen In sharafiga rasmiy tushlik uyushtirildi.
LiveBarchasi