Rossiya harbiylarini yonilği bilan ta’minlovçi zavod hujumga uçradi (video)

Olam

−

image

Rossiyaning Quyi Novgorod viloyatidagi “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez“ neftni qayta işlaş zavodi dronlar hujumiga uçradi. Hujum oqibatida Kstovo tumanidagi sanoat korxonasi jiddiy zarar kördi. Bu haqda “Ukrinform“ xabar berdi.

Quyi Novgorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin bugun, 1 noyabrga ötar keçasi va ertalab hududda dronlarning ommaviy hujumi kuzatilganini ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, hujum vaqtida 100 dan ortiq dron urib tuşirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, jabrlanganlar yöq, biroq Kstovo tumanidagi sanoat korxonasi jiddiy zarar körgan.

Gubernator hujumga uçragan korxonaning nomini oçiqlamagan. Biroq Telegram-kanallar dronlar aynan Kstovo şahridagi “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez“ neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilganini xabar qilgan. Mahalliy aholi hududda portlaşlar ovozi eşitilganini bildirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, 1 noyabrga ötar keçasi mamlakat hududlari uzra jami 235 ta dron havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tuşirilgan.

Ma’lumot uçun, “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez“ zavodi Rossiyaning strategik ahamiyatga ega neftni qayta işlaş zavodlaridan biri hisoblanadi. U Rossiya qurolli kuçlari va Moskva mintaqasini yonilği bilan ta’minlaydi. Moskva mintaqasi mamlakatdagi umumiy benzin iste’molining qariyb 30 foizini taşkil etadi.

Zavod yiliga 17 million tonna xom neftni qayta işlaş quvvatiga ega. Korxonada 50 dan ortiq turdagi mahsulot, jumladan, aviatsiya va dizel yonilğisi işlab çiqariladi. Uşbu yonilği turlari Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasi ehtiyojlari uçun ham yetkazib beriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Boşqirdiston Respublikasi poytaxti Ufa şahridagi neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing