Rossiya madhiyasi vaqtida örnidan turmagan ikki ayol jarimaga tortildi
Olam
−
16:13 487 2 daqiqa
Doğistonning Kaspiysk şahrida sud joriy yilning 1 sentyabr kuni ötkazilgan bayram tadbirida Rossiya madhiyasi yangrayotgan vaqtda örnidan turmagan ikki ayolning har biriga 2,5 ming rubldan (372 ming 944 söm atrofida) jarima soldi. Bu haqda “The Caucasian Knot” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, har ikki ayolga Rossiya davlat ramzlaridan foydalaniş tartibini buzganlik böyiça ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Doğiston Oliy sudi matbuot xizmatiga köra, voqea Respublika ta’lim markazida Bilimlar kuniga bağişlab ötkazilgan tadbirda sodir bölgan. Rossiya madhiyasi ijro etilgan vaqtda ayollar örinlaridan turmagan.
Sud majlisida ular özlariga qöyilgan ayblovni tan olmagan. Ayollardan biri quçoğida yoş bolasi bölgani uçun, ikkinçisi esa özini yaxşi his qilmagani sababli örnidan tura olmaganini bildirgan. Biroq sud bu vajlarni inobatga olmagan va har ikkisini aybdor deb topgan. Hozirça ayollarning sud qarori ustidan şikoyat qiliş-qilmasligi ma’lum emas.
Kavkazda bunday holatlar avval ham kuzatilgan
Şimoliy Kavkaz respublikalarida davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilganlik uçun fuqarolarning jarimaga tortilişi bilan boğliq holatlar uçrab turadi.
Masalan, 2024 yil iyul oyida Nalçik şahridagi maktab bitiruvi tadbirida Rossiya madhiyasi yangragan vaqtda örnidan turmagan öquvçilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Oqibatda Kabardin-Balqariyaning sakkiz nafar aholisiga 3 ming rubldan jarima solingan. Ularning orasida “RusHydro” kompaniyasi xodimi ham bölgan. Korxona undan ommaviy ravişda uzr söraşni talab qilgan.
Bundan taşqari, 2025 yil aprel oyida Kabardin-Balqariya va Qoraçoy-Çerkesiyada sport musobaqalari vaqtida Rossiya madhiyasiga hurmatsizlik qilgan sakkiz kişi jarimaga tortilgan. Keyinçalik Çerkessk şahridagi stadionda madhiya yangragan vaqtda örnidan turmagan 20 yoşli yigit ham jazolangan.
Live
Barchasi