Rossiyaliklarga yadroviy hujum haqida xabarlar yuborildi

Olam

−

image

Ukraina va Rossiyada aholini favqulodda vaziyatlardan ogohlantiriş uçun möljallangan mobil ilovalarga xakerlik hujumi uyuştirildi. Oqibatda foydalanuvçilarga radiatsiya va kimyoviy xavf, şuningdek, Rossiya tomon uçirilgan yadro kallaklari haqidagi yolğon xabarlar yuborildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, keça, 1 noyabr kuni keçqurun Ukrainadagi “Povіtryana trivoga” (Havo trevogasi) rasmiy ilovasiga ruxsatsiz aralaşuv sodir bölgan. Foydalanuvçilarga radiatsiya va kimyoviy xavf mavjudligi, şuningdek, Kiyev köçalarida janglar boşlanişi mumkinligi haqida yolğon bildirişnomalar kelgan.

Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari dasturga “duşman ta’siri” bölgan bölişi mumkinligini ma’lum qilgan va mamlakatda radiatsiyaviy xavf yöqligini bildirgan. Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati esa umumdavlat ogohlantiriş tizimi odatdagi tartibda işlayotganini ta’kidlagan.

Keyinçalik ilova işlab çiquvçilari ham unga ruxsatsiz kirilganini tasdiqlagan. Ular puş-bildirişnomalarni öçirib, xizmat faoliyatini vaqtinça töxtatgan va foydalanuvçilarni şubhali xabarlardagi havolalarga kirmaslikka çaqirgan.

Bugun, 2 noyabrga ötar keçasi ilova faoliyati bosqiçma-bosqiç tiklana boşlagan. Işlab çiquvçilarning bildirişiça, foydalanuvçilar yana havo trevogasi haqidagi xabarlarni qabul qila boşlagan, biroq ayrim funksiyalar vaqtinça işlamagan. Şuningdek, kompaniya foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlari ilovada saqlanmasligini ma’lum qilgan.

Şunga öxşaş kiberhujum Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mobil ilovasiga ham uyuştirilgan. Vazirlik ma’lumotiga köra, xakerlar foydalanuvçilarga Rossiya tomon yadro kallaklari uçirilgani haqida yolğon bildirişnomalar yuborgan.

Bildirilişiça, hozirda Rossiya vazirligi mutaxassislari tizimdagi zaiflikni bartaraf etiş va ilovaning normal işlaşini tiklaş ustida işlamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Quyi Novgorod viloyatidagi “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez” neftni qayta işlaş zavodi dronlar hujumiga uçragani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing