BP “UzAutoMotors”ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘amadi

Jamiyat

image
“UzAutoMotors”ning harak(j)atlari zoye ketmadi – Kusherboyev north_east

“UzAutoMotors”ning harak(j)atlari zoye ketmadi – Kusherboyev

“UzAutoMotors”ning yap-yangi avtomobillari egalariga yetib bormay YTHga uchradi north_east

“UzAutoMotors”ning yap-yangi avtomobillari egalariga yetib bormay YTHga uchradi

Xabaringiz bor, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha “UzAutoMotors” AJda qonunchilik hujjatlarining buzilishi, korrupsion holatlar va iste’molchilarning huquqlariga putur yetkazish kabi alomatlar ko‘rinayotganligi sababli deputatlar Doniyor G‘aniyev, Nodir Jumayev, Bekmirza Eshmirzayev, Zafar Jalolov, Anvarxon Temirov mazkur masalani Bosh prokuratura mahkamasi tomonidan o‘rganilib, huquqiy baho berilishi va jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligi yuzasidan o‘z nuqtai-nazarini bayon etishni so‘rab joriy yilning 21 avgust kuni Bosh prokurorga “Deputatlik so‘rovi” yuborgan edi.

Ko‘pchilik saylovchilarni qiziqtirayotgan so‘rov yuzasidan shu yilning 4 noyabr kuni Bosh prokuror o‘rinbosari imzosi bilan xabarnoma shaklida javob xati qaytarildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bosh prokuratura tomonidan 2020 yil 28 oktyabr sanasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan xabarnomada “UzAutoMotors” AJda o‘tkazilgan tekshirishda to‘plangan hujjatlar bo‘yicha  jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilganligi, agar tekshirishdan norozi bo‘lsak qaror ustidan shikoyat qilishimiz mumkinligi ma’lum qilingan”, deydi deputat.

Ma’lumot uchun, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuborishi, So‘rovga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanishi belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq, mansabdor shaxslar tomonidan parlament so‘rovini, deputat, senator so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “UzAutoMotors”ga "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun va boshqa qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan ish qo‘zg‘agan edi. Yakunda qo‘mita komissiyasi kompaniya bir nechta avtomobil modellari narxini 3 mlndan 19 mln so‘mgacha arzonlashtirishi kerakligi haqida qaror chiqardi.

Monopolist esa buning imkoni yo‘qligini aytib, qo‘mita qarori ustidan sudga shikoyat qildi. Sud ishni ko‘rib chiqib, da’vogar “UzAutoMotors”ning talabini qondirdi va qo‘mita qarorini bekor qildi.


Maqola muallifi

Teglar

UzAutoMotors

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing