UzAutoMotors avtomobil xaridorlariga ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
08 avgust 2023
65108UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil sotib olish niyatida bo‘lgan xaridorlarga murojaat bilan chiqib, ularni ijtimoiy tarmoqlar, xususan onlayn-savdo saytlari orqali avtomobillar uchun tuzilgan shartnomalarni sotib olishdan saqlanishga chaqirdi.
Kopmaniyaning qayd etishicha, ayni vaqttda avtomobillarni xarid qilish tartibini soddalashtirish, ushbu jarayonning shaffofligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish ustida muntazam ravishda ish olib borilmoqda.
“Ayrim shaxslar uchun oldindan to‘lovning kamaytirilganligi, shuningdek shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkonini beruvchi qulay tizimning joriy etilishi avtomobilni shaxsiy foydalanish uchun emas, balki faqat tijorat maqsadlarida (qayta sotish) sotib olish uchun ishlatila boshlandi”, deyiladi kompaniya ogohlantiruvida.
Kompaniyaning alohida urg‘ulashicha, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, har bir keyingi avtomobil “navbatning” oxiriga o‘tadi hamda avtomobillarni yetkazib berish muddati 120 kunga oshadi. Keyinchalik bir kishi tomonidan bir nechta avtomobillarni sotib olish amaliyoti takrorlangan taqdirda, kompaniya iste’molchilar uchun avtomobillar mavjudligini ta’minlash maqsadida ushbu muddatni 270 kungacha uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda.
“Shu kunlarda turli xil internet reklama e’lonlari xizmatida (misol uchun, olx.uz) “avtomobilni qayta sizning nomingizga rasmiylashtirish va’dasi” bilan to‘lovi amalga oshirilmagan shartnomalarni “sotib olish” takliflari paydo bo‘ldi.
E’tibor bering, shartnoma “UzAvtoSavdo” tizimi tomonidan avtomatik tarzda tuziladi. Undagi ma’lumotlarni na xaridor, na diler tomonidan o‘zgartirishning imkoni yo‘q. Qolaversa, avtomobilni olgandan so‘ng, tizim xaridorning ishtirokida davlat raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Yo‘l-harakati xavfsizligi davlat xizmatiga (YHXDX) elektron hisob-fakturani yuboradi”, deydi kompaniya.
UzAuto Motors xaridorlardan ehtiyot bo‘lishni va shartnomalarni "sotib olish" bo‘yicha shubhali takliflarga rozi bo‘lmaslikni so‘ramoqda.
LiveBarchasi