UzAutoMotors Lacetti, Cobalt va Damas uchun shartnoma berishni to‘xtatdi
Jamiyat
−
05 avgust 2023
23446UzAutoMotors Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillari uchun shartnoma berishni to‘xtatdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, ushbu modeldagi avtomobillarning 2023 yil uchun qo‘shimcha partiyasiga kontraktatsiyaning dastlabki 2 kunida 50 000 dan ortiq shartnoma tuzilgan.
“Shartnomalarning bir qismi bo‘yicha to‘lov 7 kundan keyin amalga oshirilmasa, ushbu shartnomalar yana qayta kontraktatsiya uchun ochiq bo‘ladi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi avtosalon oldida yuzlab odamlar navbat talashayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Unda odamlar kechasi bilan mijja qoqmay navbat kutgani, kunduzi esa avtosalon eshigi oldida tiqilinch hosil qilgani aks etgan. Ular orasida hatto bolasini ko‘targan ayollar, keksa yoshli fuqarolar ham bor. Avtosalon xodimlari esa eshik oldini to‘sib, ularni kiritmaslikka uringan.
LiveBarchasi