“Barselona” Rafinya bilan shartnomani uzaytiradi – Romano

Sport

−

image

Braziliyalik hujumchi Rafinya “Barselona” klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2030 yil iyun oyiga qadar uzaytirgan. Barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, imzolangan. Agar rejaga muvofiq bo‘lsa, klub yangi shartnoma haqida joriy yilning 9 oktyabr kuni rasman e’lon qiladi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Rafinyani 2022 yilda Angliyaning “Lids” klubidan taxminan 60 million yevroga xarid qilgan edi. Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 8 ta uchrashuvda maydonga tushda va 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, Rafinyaning transfer qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing