132 ta quriliş taşkiloti xaridorlar huquqini buzayotgani aniqlandi

Jamiyat

−

image

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida iste’molçilar huquqlarini çeklovçi şartlar mavjudligini aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Raqobat qömitasiga 2026 yilning ötgan 9 oyi davomida quriliş işlarining sifati va ob’ektlarning öz vaqtida topşirilmayotganligi yuzasidan iste’molçilardan 1 700dan ortiq şikoyatlar kelib tuşgan. Murojaatlarni körib çiqiş natijasida iste’molçilar foydasiga qariyb 14,5 mlrd sömlik mablağ qayta hisob-kitob qilinişi ta’minlangan.

Mazkur murojaatlar asosida quyidagi hududlarning turar joy qurilişida uluşli iştirok etiş böyiça 132 ta quruvçi taşkilotning şartnomalari tahlil qilingan:

  • Toşkent şahar – 17 ta; 
  • Namangan viloyati – 15 ta;
  • Navoiy viloyati – 15 ta;
  • Toşkent viloyati – 15 ta; 
  • Buxoro viloyati – 13 ta; 
  • Surxondaryo viloyati – 13 ta; 
  • Farğona viloyati – 10 ta;  
  • Xorazm viloyati – 10 ta; 
  • Andijon viloyati – 9 ta; 
  • Sirdaryo viloyati – 8 ta; 
  • Jizzax viloyati – 4 ta; ️ 
  • Qaşqadaryo viloyati – 3 ta.

Şartnomalar tahlillarida quyidagi kamçiliklar aniqlangan:

  • 77,3 foiz şartnomada şartnoma bekor qilinganda tölangan mablağni qaytariş muddati belgilanmagan yoki u dastlabki tölov muddatiga muvofiq emas;
  • 63,6 foiz şartnomada xonadon qabul qilib olingandan keyingi kafolat muddati belgilanmagan;
  • 59,1 foiz şartnoma faqat quruvçining manfaatlarini közlab tuzilgan;
  • 54,5 foiz şartnomada kafolat muddati davomida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etiş majburiyati nazarda tutilmagan;
  • 50,8 foiz şartnomada qurilişni yakunlaş muddati keçiktirilgani uçun quruvçi tölaydigan neustoyka (penya) belgilanmagan;
  • 33,3 foiz şartnomada quriliş ob’ektini topşirişning aniq muddati körsatilmagan;
  • 30,3 foiz şartnoma davlat tilida emas, rus tilida tuzilgan;
  • 49,2 foiz şartnomada iste’molçilar huquqlarini kamsituvçi boşqa şartlar mavjud.

Şuningdek, tahlillar davomida şartnomalarda iste’molçi taşabbusi bilan şartnoma bekor qilinganda tölangan mablağning 4-15 foizini uşlab qoliş, pulni xonadon qayta sotilgandan keyingina qaytariş, narxni bir tomonlama oşiriş va xaridorga nisbatan yuqori penya belgilaş kabi iste’molçi huquqlarini çeklovçi şartlar aniqlangan.

Qömita örganiş natijalaridan kelib çiqib, aniqlangan kamçiliklar yuzasidan tegişli Instansiyalarga takliflar kiritgan.

“Hurmatli fuqarolar! Köp kvartirali uydan xonadon sotib olişda şartnomani imzolaşdan oldin uni diqqat bilan örganing va huquqşunos bilan maslahatlaşing. Qonunga zid yoki huquqlaringizni çeklovçi şartlar aniqlansa, vakolatli davlat organlari yoki sudga murojaat qiling. Yodda tuting, şartnomani puxta örganiş – huquq va manfaatlaringizni himoya qiliş garovidir!” deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, sönggi kunlarda turli quriliş kompaniyalari, xususan, “Imarat Development” quriliş kompaniyasi faoliyati, uy-joyni topşiriş muddatlarining buzilişi, xaridorlarga mablağlarning qaytarilmasligi, şuningdek, quruvçi kompaniya rahbariyatiga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani bilan boğliq vaziyat jamoatçilik muhokamasiga sabab bölmoqda.

Uşbu holat fonida Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi uy-joy sotib oliş uçun mablağ kiritgan fuqarolarning va’da qilingan xonadonlar va pullarini qaytarib oliş imkoniyatisiz qolişini yöl qöyib bölmas, holat deb hisoblaşini ma’lum qilgandi.  


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing