Skaloni Argentina bilan shartnomasini uzaytiradi

Sport

−

image

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) milliy terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishga kelishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan. Unga muvofiq, 48 yoshli mutaxassis Argentina terma jamoasini 2030 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar boshqarishi kutilmoqda.

Avvalroq, 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin Skaloni lavozimini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy yilning sentyabr oyida OAV mutaxassis AFA prezidenti Klaudio Tapiaga ehtimoliy iste’fosi haqida ma’lum qilganini yozdi.

Shuningdek, assotsiatsiya murabbiyni jamoada qolishga ko‘ndirishga harakat qilayotgani aytilgan. Skalonining amaldagi shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Skaloni 2018 yildan buyon Argentina terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2021 va 2024 yillarda Amerika kubogi, 2022 yilda jahon chempionati hamda Finalissimada g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing