Messi AFAdan öz imijidan foydalanişni töxtatişni talab qilmoqçi

Sport

−

image

Sakkiz karra “Oltin töp” sohibi Lionel Messi Argentina futbol assotsiatsiyasidan (AFA) moliyaviy mojarolar tufayli öz nomidan tijorat maqsadlarida foydalanişni töxtatişni talab qilmoqçi. Bu haqda “A24” naşri xabar berdi. 

Manbaga köra, futbolçi öz advokatlariga assotsiatsiyaga uning ismi va suratidan tijorat maqsadlarida foydalanişni töxtatiş böyiça rasmiy talabnoma tayyorlaşni topşirgan.

Şuningdek, Messi AFA prezidenti Klaudio Tapia va taşkilot xazinaçisi Pablo Toviggino bilan şaxsiy hamda tijorat aloqalarini uzgan.

Ta’kidlanişiça, mojaroga futbolçining suratidan Argentina pivo işlab çiqaruvçisining reklamasida foydalanilgani sabab bölgan. Bu esa Messining Amerika brendi bilan tuzilgan eksklyuziv şartnomasiga zid kelgan. Jurnalistning aytişiça, xalqaro homiy yuzaga kelgan vaziyatga aniqlik kiritiş uçun futbolçining vakillariga murojaat qilgan.

Ma’lumot uçun, 39 yoşli Messi 2023 yildan buyon MLS’ning “Inter Mayami” klubida töp surmoqda. U faoliyati davomida “Barselona” va PSJ jamoalarida ham öynagan. “Barselona” bilan tört marta Çempionlar ligasi, uç martadan UEFA Superkubogi va klublar örtasidagi Jahon çempionatida ğolib çiqqan.

Argentinalik hujumçi 2022 yilgi Jahon çempionati ğolibi, 2008 yilgi Olimpiya çempioni va ikki karra Amerika kubogi sohibi hisoblanadi. Şuningdek, u 8 marta “Oltin töp” mukofotiga sazovor bölgan.

Messi Argentina terma jamoasi safida 208 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 126 ta gol urgan. U terma jamoa tarixida eng köp öyin ötkazgan va eng köp gol urgan futbolçi hisoblanadi. U oltita jahon çempionatida iştirok etgan.

Eslatib ötamiz, Messi joriy yilning 7 oktyabr kuni Messi Argentina terma jamoasi safida Beninga qarşi xayrlaşuv uçraşuvini ötkazgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing