UzAutoMotors bosh direktori jarimaga tortildi
3-sahifa
−
16 Sentabr
12137UzAutoMotors AJ bosh direktori, shvetsiyalik mutaxassis Bu Inge Anderssonga ish haqining 5 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, UzAutoMotors AJ bosh direktori Bu Inge Andersson UzAutoMotors Powertrain tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rmagan. Shu sababdan, direktorga ish haqining 5 foizi miqdorida intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Ma’lumot uchun, Bu Anderson Shvetsiya Harbiy Akademiyasining hamda Garvard universitetining oliy menejment dasturi bitiruvchisi hisoblanadi. U avtomobilsozlik sohasidagi faoliyatini 1987 yildan Shvetsiyaning Saab Automobile AB kompaniyasida boshlagan va bir nechta taniqli kompaniyalarda faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, u 2023 yilning avgust oyida UzAutosanoat aksiyadorlik jamiyatining UzAuto Motors AJ va UzAuto Motors Powertrain AJlariga bosh direktor etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi