Vasvasa! UzAutoMotors avtosalonlarida shartnoma uchun “soch yulish” boshlandi (video)
Jamiyat
−
30 Oktabr 2023
36973Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 30 oktyabrdan boshlab UzAutoMotors dilerlik markazlarida Chevrolet Gentra, Cobalt va Damas avtomobillari uchun shartnomalar tuzish boshlangani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Oqibatda avtosalonlarda yo‘q mashinalar uchun turnaqator navbatlar yuzaga keldi.
UzAutoMotors ommabop modellarga shartnoma berish boshlangani haqidagi xabarlarni rad etdi.
“Bugun bir qancha avtoixlosmandlar avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlanganligi to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonib, ertalabdan dilerlik markazlariga kelishgani sababli dilerliklarda katta navbatlar yuzaga keldi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Shuningdek, UzAutoMotors sotuv boshlangani to‘g‘risida va boshqa murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlarni faqatgina rasmiy kanallaridan olishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lacetti, Damas, Labo va Cobalt modellari narxlari 4,7 mln so‘mdan 9 mln so‘mgacha qimmatlashgandi.
LiveBarchasi