“UzAutoMotors”ning harak(j)atlari zoye ketmadi – Kusherboyev
Jamiyat
−
31 Oktabr 2020
30068Xabaringiz bor, “UzAutoMotors” AJ va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasidagi avtomobil narxlarini pasaytirish bo‘yicha sud ishida avtomobilsoz monopolist g‘olib bo‘ldi.
Monopolistning g‘alabasiga avval boshdan avtomobillar narxini pasaytirish tashabbusi bilan chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev munosabat bildirib o‘tdi.
“UzAutoMotors” va uni qo‘llab-quvvatlovchilarning harak(j)atlari zoye ketmadi. Ular shuni istashdi, shu bo‘ldi, ular “bo‘l” dedi, bo‘ldi, “bo‘lma”, desa bo‘lmasdi.
Ularga qancha gul, pul, kuch, e’tibor kerak bo‘lsa hammasi muhayyo. Faqat odamlarning ishonchi va hurmatidan tashqari... Ammo ular uchun bir chaqalik qiymati yo‘q ishonch va hurmatsiz ham ular g‘olib, buyuk va tengsiz bo‘lib qolaverishlari mumkin. Chunki ular “eski O‘zbekiston” bo‘la turib “yangi O‘zbekiston”ni mag‘lub eta oldilar.
Xullas yangi O‘zbekistondagi "eski O‘zbekiston"ga “g‘alaba” muborak!
Sudga esa gap ham yo‘q”, degan Kusherboyev ozchilik ko‘pchilik ustidan g‘olib bo‘lganiga munosabat bildirib.
Eslatib o‘tamiz, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan “UzAutoMotors” AJda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishning oxirida komissiya kompaniya avtomobillar narxini 3 mlndan 19 mln so‘mgacha tushirishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Kompaniya esa bu qaror ustidan sudga murojaat qilgan.
LiveBarchasi