“UzAutoMotors”ning yap-yangi avtomobillari egalariga yetib bormay YTHga uchradi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “UzAutoMotors” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan Nexia-3 va Cobalt avtomobillarini ortib ketayotgan maxsus yuk avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchragani aks etgan video va suratlar tarqalmoqda. 

Yuk avtomobili raqamidan anglashilishicha, holat Andijon viloyatidan olingan davlat raqam belgisiga ega yuk mashinasida sodir bo‘lgan. 

Ikki qavatli maxsus yuk avtomobilidagi barcha mashinalar yo‘l-transport hodisasi natijasida jiddiy zarar ko‘rgan. Ayniqsa, qavatlar orasidagi tirkama muvozanatni yo‘qotishi yoki sinishi oqibatida yuqoridagi avtomobillar pastdagilarini bosib qolgan. 

Ayni vaqtga qadar ushbu yo‘l-transport hodisasi qachon va qerda qayd etilgani, unga kim sabab bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumotlar berilmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

2536

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing